14-yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti hududiy yaxlitligi, aholining tinchligi va xavfsizligini himoya qiluvchi kasb egalari – Vatan himoyachilar kunidir!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag‘ishlab 2025-yil 14-yanvar kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Yurtning metin qalqonlari” nomli zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tadbirda avvalo harbiylarda bayram bilan muborak bod etib, harbiylar madhiyasi yangradi. Tadbir qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi. Qiziqarli zakovat o‘yinida 1-o‘rinni “Qutqaruvchilar”, 2-o‘rinni “Yurtimiz qalqonlari”, 3- […]
Mardlar qo‘riqlaydi vatanni!…

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi munosabati bilan 2025-yil 13-yanvar kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Shirin shahrida joylashgan 92-52 harbiy qism harbiy xizmatchilari hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni!” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy kutubxonasini yangi binosining qurilishi bilan tanishdi

📚 Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududida qurilayotgan Milliy kutubxona bilan tanishdi. Mazkur kutubxona yangi tamaddun beshigiga aylanishi, ilm toliblarining sevimli ziyo maskaniga aylanishini, hamda kelajak avlodga barcha sohalarga oid bosma va elektron resurslarni yetkazib berishga xizmat qilishini ta’kidladi. 📚 Davlatimiz rahbari bo‘lajak kutubxonaning shakli va uning kelajakdagi vazifalari bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. 📚 […]
mehrkutubxonasi_loyihasi_doirasida…

Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotning negizi sifatida vujudga kelgan.2024-yil 3-dekabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan «mehrkutubxonasi» loyihasi asosida kutubxonamizning faol kitobxonlari S.Nazarova va Sh.Abduvahobovlarning holidan xabar olinib ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
yashil_makon_loyihasi_davom_etmoqda

Joriy yilning 29-noyabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida 20-oktyabrdan 1-dekabr kuniga qadar «Yashil makon» umummiliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo’yicha «Dolzarb 40 kunlik» tadbirida 80 dona manzarali ko’chatlari ekildi va kutubxona atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
#yashil_makon_loyihasi

Joriy yilning 27-noyabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida 20-oktyabrdan 1-dekabr kuniga qadar «Yashil makon» umummiliy loyihasi doirasida daraxt ekish bo’yicha «Dolzarb 40 kunlik» tadbirida 100 dona terak ko’chatlari ekildi va kutubxona atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Huquqiy bilimlarni oshirish kuni…

2024-yil 6-noyabr kuni Shirin shahar Axborot – kutubxona markazida huquqiy bilimlar kuni tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 24-oktyabrdagi 694-son qarori hamda nogironligi bor shaxslarga imtiyozlar mazmun mohiyatini yoritib berish maqsadida Shirin shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda Shirin shahar Axborot – kutubxona markazi xodimlari hamda Shirin shahar Madaniyat […]
“Ona tilim g’ururim faxrim” nomli ijodiy badiiy kecha…

2024-yil 18-oktabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Sirdaryo IES “Obyekt binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi” bilan hamkorlikda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yillik munosabati bilan “Ona tilim g’ururim faxrim” nomli ijodiy badiiy kecha o‘tkazildi. Badiiy kecha davomida avvalo o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi qachon qabul qilinganligi hamda tilimiz va […]
Kutubxonadan_gapiramiz_loyihasi davom etmoqda…

«Yangi adabiyotlar targ’iboti» 2024-yil 4-oktabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Sh. Yaxyoyeva Shirin shahrida joylashgan 99440-harbiy qism harbiy xizmatchilari kichik serjant Abdullayev Shohrux Madaniyat Markaz boshlig‘i bilan Axborot-kutubxonaga markaziga kelgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida «Yangi adabiyotlar targ‘iboti» o‘tkazildi. Targ‘ibot davomida adabiyotlar bilan tanistirib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob […]
Kutubxonadan gapiramiz loyihasi…

Kutubxonadan gapiramiz loyihasi asosida Shirin shahar axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Sh.Yaxyoyeva shahrimiz fuqarolari o‘rtasida muloqotda bo‘lib, ulardan so‘rovnoma o‘tkazdi hamda kutubxonamiz haqida fikrlarini so‘radi.