Shirin AKM Kasaba Uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi…

✅2025-yil 20-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasining 2024-yil yakuni bo‘yicha jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. 💢Kun tartibidagi masala yuzasidan, Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Kasaba Uyushmasi tomonidan 2020-2024-yillardagi faoliyati to‘g‘risida hisoboti o‘tkazildi. Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.Xusanova va Axborot-kutubxona markazi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobchisi G. Xodjakulovalar […]
🌿 Sumalak sayli – bahoriy kayfiyat! 🌿 Milliylik – faqat o‘tmish emas, balki kelajakning mustahkam poydevori.

Sirdaryo viloyati axborot kutubxona-markazida sumalak sayli tashkil etildi. Markazdagi xodimlar ishtirokida erta tongdan milliy taomlarimizdan bo‘lgan sumalak doshqozonga osildi. O‘ylaymizki, Sumalak taomi tayyorlanishida markaz xodimlarining barcha yaxshi orzu-umidlari, niyatlari mujassam bo‘ladi.
Milliy_liboslar_kuni

✅Barchamizni birlashtiradigan, boy madaniyatimizni aks ettiruvchi milliy liboslarni qadrlash va targ‘ib qilish maqsadida har juma kuni ’’Milliy liboslar kuni’’ deb e’lon qilingan. ♻️Ushbu kunda har birimiz o‘z milliy liboslarimizni kiyib, madaniyatimizga bo‘lgan hurmatimizni namoyish etamiz. O‘zbek xalqining betakror an’analari va merosiga ehtirom ko‘rsatish, milliy kiyimlarni kiyish orqali o‘zligimizni yanada mustahkamlashga yordam beradi. ♻️»Milliy liboslar kuni»da […]
«Besh tashabbus olimpiadasi” loyihasining ikkinchi mavsumi doirasida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi…

💢2025-yil 18-fevral kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati va iqtidorlarini namoyish etish uchun yaratilgan muhim loyihalardan biridir. 💢Shirin shahrida joylashgan Yoshlar markazida o‘tkazilgan ushbu intellektual bellashuvda kitobsevar yoshlar 10-14, […]
“Kitobxon onalar kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli kitobi tahlili…

2025-yil 17-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmatining asosiy zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan “Kitobxon onalar” kuniga bag‘ishlangan “Fitratning Oila yoki oila boshqarish tartiblari” nomli kitobining tahlili haqidagi zoom konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Bunda Axborot-kutubxona markazining foydalanuvchi faol kitobxon onalari hamda yosh kitobxonlar ham ishtirok etdi. Tadbirda […]
“Jannatimsan, Sirdaryo” nomli kitob ko‘rgazmasi…

2025-yil 17-fevral kuni Shirin shahar axborot-kutubxona markazida Sirdaryo viloyati tashkil topganining 62 yilligiga bag‘ishlab, “Jannatimsan, Sirdaryo” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Sirdaryo viloyatiga oid adabiyotlar hamda oynomalar joy olgan. Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar Sirdaryo viloyati haqidagi adabiyotlar, oynomalarda bosilgan maqolalar bilan tanishdilar.
“Har sahifada ming bir durdona” nomli davra suhbati…

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblangan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi 2025-yil 29-yanvar kuni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat […]
«Bizning farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart.» Islom Karimov.

2024- yil 30-yanvar Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Respublikamizda millatlar aro totuvlik, tinchlik va barqarorlikni saqlay olgan, mustaqil O‘zbekistonimizning tamal toshini qo‘ygan, mamlakatimiz xalqaro maydonda o‘zining munosib o‘rnini egallashida fidoyilik ko‘rsatgan serqirra faoliyat sohibi, oqil va donishmand davlat rahbari bo‘lgan O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI PREZIDENTINING YORQIN XOTIRASIGA BAG‘ISHLAB «Butun olamni jo qilgan yurak» nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
HASHAR…

💢Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o’rgansa va o’z tajribasida qo’llashga arziydigan ko’pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, «hashar» deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. ✅Bugun erta tongdan Shirin Axborot-kutubxona markazida hashar […]
”Muqaddas burch” nomli rasmli – kitoblar ko‘rgazma…

Axborot – bibliografiya xizmati tomonidan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab ”Muqaddas burch” nomli rasmli – kitoblar ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazmada 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bog‘liq kitoblar, davriy matbuotda shu mavzuda oid chop etilgan maqolalar, rasmlar namoyish etildi.