📚Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholining barcha qatlamlariga, xususan, imkoniyati cheklangan kitobxonlarga Axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, ularni zarur adabiyotlar bilan ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ 2026-yil 2-oktabr kuni ushbu xayrli tashabbus — “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida navbatdagi yo‘qlash o‘tkazildi. Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi M.Mustafoqulova Shirin shahar Farhod MFY da istiqomat qiluvchi kitobxonimiz Boymurodova Ro‘zigul Bozorovnaning xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kitobxonning talab va istaklari asosida saralangan adabiyotlar to‘plami uning yetkazib berildi.
🖥Kutubxonamiz har bir kitobxonning ko‘ngliga yo‘l topish va mutolaa zavqini ulashishda davom etadi.
