✅2026-yil 24-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nurobod MFYda faoliyat yuritayotgan kutubxonaga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif amalga oshirildi.
📖Tashrif davomida kutubxonaning mavjud adabiyotlar fondi ko‘zdan kechirilib, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada qulay tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ayniqsa, kitoblarni kitobxonlarning qiziqishlari va yosh toifalariga mos ravishda ajratib joylashtirish, yangi adabiyotlarni alohida targ‘ib qilish hamda ularni mutolaa jarayoniga faol jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🖥Shuningdek, kutubxonada yangi kelgan adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish, mavzuli kitob tavsiyalari va kitobxonlar bilan individual suhbatlar o‘tkazish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Kutubxonadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahalla aholisi orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
📝Ushbu uslubiy-amaliy tashrif Nurobod MFYda kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish va aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi.

