✅2026-yil 25-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek MFYda faoliyat yuritayotgan kutubxonaga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatildi.
📖Tashrif davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni tartibga solish, kitoblarni belgilangan tartibda joylashtirish va fondning saqlanish holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, yangi kelib tushayotgan adabiyotlarni hisobga olish, ularni ro‘yxatga kiritish hamda kitobxonlarga qulay tarzda foydalanish imkonini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
📝Kutubxona fondidan samarali foydalanish va mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.