✅Joriy 2026-yilning 23 – sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Shirin shahar “Bunyodkor ” MFY da mavjud kutubxona kitoblariga ishlov berish va ularni joylashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib uslubiy yordam ko’rastildi.
⏩Tashrif davomida fondga kelib tushgan yangi adabiyotlar, qo‘shimcha nashrlar va elektron resurslar ro‘yxatini shakllantirish, mavjud kitoblarni saqlash sharoitlarini to‘g‘ri tashkil etish, fondlarni tartibga solish, tozalash va ta’mirlash ishlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur hamkorlik mahallalarda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

