✅Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida yoshlar hamda Shirin shahar Ichki ishlar xodimlari ishtirokida “Shovvozlar” va “Shunqorlar” jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilim va tafakkurini, mantiqiy fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etdilar.
🏆Bahslar yakuniga ko‘ra, “Shunqorlar” jamoasi munosib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

