✅2026-yil 17-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M. Ergasheva tomonidan Nurobod MFYda, Yo‘l xaritasining 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Ayol ma’naviyati va jamiyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📖Davra suhbatida ayollarning oiladagi va jamiyatdagi o‘rni, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, kitobxonlik va mutolaaning ayol dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga kitob mutolaasini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda farzandlarni kitob o‘qishga qiziqtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📚Shuningdek, tadbir davomida Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Nurobod MFYda faoliyat yuritayotgan bo‘limi imkoniyatlari va kitob fondidagi adabiyotlar haqida ma’lumot berildi. Suhbat yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.