✅2026-yil 17-sentabr kuni Shirin shahar axborot-kutubxona markazida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida “Ochiq eshiklar haftaligi” tadbirlari boʻlib oʻtdi. Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda zamonaviy kutubxona imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida muassasa boʻylab maxsus ekskursiya uyushtirildi.
🖥Tadbirda Shirin shahar Ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Ekskursiya davomida oʻquvchilarga kutubxonaning zamonaviy mutolaa zallari, yangi qabul qilingan badiiy adabiyotlar fondi hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan raqamli va elektron xizmatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
📖Tashkil etilgan ushbu tadbir oʻquvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning intellektual salohiyatini oshirish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

