✅2026-yil 15-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan Shirin shahrida joylashgan 99440-harbiy qismda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining 1-bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🏆Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini boyitish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
📖Ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, o‘qigan asarlari yuzasidan berilgan savollarga javob berdilar. Tanlov davomida kitobxonlikka qiziqish, zukkolik va faol ishtirok alohida namoyon bo‘ldi.
📝Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga mehr va mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.