2026-yil 2-sentabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamda shaharda joylashgan 9252-harbiy qism bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Buyuk davlat arbobi — Islom Karimov xotirasi qalblarda mangu” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Islom Karimovning hayoti va faoliyati, mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish va uni mustahkamlash yo‘lidagi tarixiy xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uning davlat boshqaruvidagi faoliyati, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xalqimizning farovon hayotini yaxshilash hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi xizmatlari haqida fikr almashildi. Uning asarlari, hayot yo‘li va davlat rahbari sifatidagi faoliyatini aks ettiruvchi manbalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida Vatanga sadoqat, yurt tinchligini qadrlash, davlat ramzlariga hurmat va fuqarolik mas’uliyati kabi tushunchalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va taraqqiyotiga qo‘shgan tarixiy hissasi, uning xotirasi xalqimiz qalbida mangu saqlanishi ta’kidlandi.