2026-yil 25-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Qalbimizda shukronalik” nomli mazmunli badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligi, tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning bugungi farovon hayoti hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida fikrlar bildirildi. Kechada oddiy askar Rashidov muallifligiga mansub Vatan, ona yurt va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar badiiy ifoda bilan o‘qib eshittirildi.
Tadbirning badiiy qismida qizlardan iborat badiiy raqs ansambli tomonidan ijro etilgan nafis va jozibali raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz va tarovat baxsh etdi.
Badiiy kecha davomida ishtirokchilar va mehmonlar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol ne’matlariga shukronalik hamda kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Tadbir yakunida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish va faol kitobxonlarni rag‘batlantirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha faol ishtirok etgan tashkilotlarga diplomlar hamda mutolaa qilish uchun kitoblar topshirildi.
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirib, mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlashga xizmat qildi.