✅2026-yil 24-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida 49479-sonli harbiy qismdan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
📊Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan intellektual o‘yinda ishtirokchilar o‘zlarining bilim va dunyoqarashlarini, tezkor fikrlash hamda mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatlarini namoyon etdilar.
📖Bellashuv yakunida eng yuqori natijani qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa munosib taqdirlandi. G‘olib jamoa a’zolariga mutolaa qilishlari uchun turli mavzulardagi badiiy va ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi.
📚Tadbir ishtirokchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qildi.