✅2026-yil 20-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi direktori N. Bekmuratova rahbarligida “Yoshlar kuni” doirasida “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” mavzusida yosh kutubxonachilar ishtirokida Shirin shahar soliq inspeksiyasi huzurida bo’lib, boshqarma boshlig‘i Abdukayumova Munira Safarovna bilan mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
📝Tadbir davomida yoshlarni boshqaruv jarayonlariga jalb etish hamda “Bir kunlik rahbar” loyihasida ishtirok etish imkoniyatlari haqida fikr almashildi va yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, kelgusida boshqaruv va jamoat ishlarida faol ishtirok etish, yangi tashabbuslarni ilgari surish hamda jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shish istagini bildirdilar.
⏩Mazkur uchrashuv yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni zamonaviy boshqaruv tamoyillari bilan tanishtirish hamda kelajakda munosib kadrlar sifatida shakllanishiga ko‘maklashish nuqtayi nazaridan samarali va mazmunli o‘tdi.


