📖Kitob – insonning eng yaqin do‘sti, eng ishonchli maslahatchisi va hayot yo‘lini yorituvchi bebaho xazinadir. Har bir mutolaa qilingan kitob insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tafakkurini boyitadi va ezgulikka chorlaydi.
📚Kitob yarmarkasi — bu nafaqat kitob xarid qilish, balki yangi bilimlar olish, ma’naviy ozuqa topish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va kitobsevarlar bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
✅2026-yil 29-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan «Vatanparvar» mahalla fuqarolar yigʻini hududida «Kitob bor uyda ma’rifat, kitobxon bor joyda taraqqiyot bo‘ladi» nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
📚Mazkur kitob yarmarkasining asosiy maqsadi aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Yarmarkada turli yo‘nalishdagi yangi va qiziqarli kitoblar namoyish etildi.
🖥Tadbir davomida kitobxonlarga mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitobning ma’naviy boylik manbai ekani haqida suhbatlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishish, ularni xarid qilish hamda mutolaa uchun tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📖Tadbir mahalla aholisi tomonidan iliq kutib olindi va kitobsevarlar uchun mazmunli hamda foydali ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvga aylandi.