✅Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Fondlarni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmatiga O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Shirin shahar bo‘limi bosh mutaxassisi Botirqulov Abubakr Botirqulovich tomonidan qimmatli kitoblar sovg‘a tariqasida taqdim etildi.
🖥Mazkur ezgu tashabbus kutubxona fondini yanada boyitish, kitobxonlar uchun yangi va mazmunli adabiyotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi jamoasi Botirqulov Abubakr Botirqulovichga ushbu saxovatli va ma’rifatparvarlik tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi hamda kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.