✅2026-yil 10-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan shaharda joylashgan 9252-harbiy qismda yozuvchi Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
🖥Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, g‘oyaviy yo‘nalishi hamda asarda insoniylik, vatanparvarlik, fidoyilik va yuksak ma’naviy qadriyatlar badiiy mahorat bilan yoritilgani haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar bilan asar yuzasidan fikr almashilib, kitobning tarbiyaviy ahamiyati xususida suhbat tashkil etildi.
⏩Taqdimot davomida harbiy xizmatchilar kitob mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar. Tadbir kitobxonlikni targ‘ib etish, harbiy xizmatchilar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.