📚 YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 29-31-iyul kunlari Yosh kutubxonachilar forumi tashkil etilmoqda.
Forum kutubxona sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Forum doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
seminar-treninglar;
soha ekspertlari bilan uchrashuvlar;
madaniy-ma’rifiy tadbirlar;
sport va intellektual o‘yinlar.
“Innovatsion loyihalar” tanlovi
Forum doirasida kutubxona sohasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oya va loyihalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ommalashtirish hamda amaliyotga joriy etishni rag‘batlantirish maqsadida “Innovatsion loyihalar” tanlovi o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish: Forumda ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish asosida amalga oshiriladi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi. yoshlar.miku.uz Ushbu sayt orqali, Ishtirok etish tartibi, forum dasturi, tanlov nizomi hamda boshqa batafsil ma’lumotlarga ega boʻlishingiz mumkin!
Barcha yosh kutubxonachilarni forumda faol ishtirok etishga taklif etamiz.




