✅2026-yil 6-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari ishtirokida Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita Shirin shahar vakili O. G‘offurov bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari” mavzusida umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi.
🖥Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutaxassis tomonidan mamlakatimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati, vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📝Shuningdek, diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning salbiy oqibatlari, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularda yuksak ma’naviyat, ogohlik va mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob oldilar.
⏩Tadbir yakunida xodimlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik, qonunlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini yanada mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
