✅Davlat rahbari tomonidan joriy yilning 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustivor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida har payshanba kuni davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “Yoshlar kuni” o‘tkazilib, tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi “Mustaqillikning 35-yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida yoshlarda shukronalik va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 3-iyundagi 10-1357-son ko‘rsatmasi hamda Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazining 2026-yil 12-iyundagi 35-sonli buyrug‘iga asosan 2026-yil 2-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Payshanba – yoshlar kuni munosabati bilan markaz rahbari N.Bekmuratova va yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🖥Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi. Tadbir qizg‘in va samimiy ruhda o‘tdi.
