✅2026-yil 2-iyul kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan shaharda joylashgan 9252-harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Davlat gerbi — mustaqillik va suverenitet timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿Tadbir avvalida ishtirokchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, unda aks etgan ramzlar va ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan savol-javoblar o‘tkazildi. Shundan so‘ng Davlat gerbining mamlakatimiz mustaqilligi, milliy qadriyatlari va suverenitetini ifodalovchi muqaddas ramzlardan biri ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📝Tadbir davomida yosh harbiy ijodkor A. Rashidov tomonidan mualliflik she’rlari o‘qildi. Ayniqsa, uning Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat va sadoqatni tarannum etgan she’ri ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va samimiy olqishlar bilan kutib olindi.
🖥Tadbir yakunida ishtirokchilarda davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va yuksak vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


