✅Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi fondi yana yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Shu munosabat bilan 2026-yil 15-iyun kuni markazning bibliografiya xizmati tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖Ko‘rgazmadan turli yo‘nalishdagi ijtimoiy-siyosiy, psixologiya hamda fanga oid adabiyotidan iborat kitoblar o‘rin olgan.
📔Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada yuksaltirishdan iboratdir.