✅2026-yil 9-iyun kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan shahardagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Samo” bolalar oromgohiga tashrif buyurildi.
🖥Tashrif davomida oromgohda dam olayotgan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli qiziqarli o‘quv mashg‘ulotlari, savol-javoblar hamda intellektual o‘yinlar o‘tkazildi.
📖Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni mutolaaga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
➡️Tadbir o‘quvchilarning faol ishtiroki va ko‘tarinki kayfiyati ostida o‘tdi.