2026-yil iyun oyida 1-son umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan yozgi oromgohda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
📖Mazkur tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning bilim va dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
📊Tanlov davomida ishtirokchilar o‘qigan asarlari yuzasidan savol-javoblarda faol qatnashib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.
🖥Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.