✅2026-yil 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Bolalik olamiga sayohat” nomli ekskursiya tashkil etildi.
⏺Ekskursiya davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, uning bo‘limlari hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga kitobning inson hayotidagi ahamiyati, kitobxonlik madaniyati va kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berildi.
📝O‘quvchilar bolalar adabiyotlari, ertaklar, hikoyalar va ensiklopedik kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Kutubxona mutaxassislari tomonidan qiziqarli kitoblar haqida ma’lumotlar berilib, ulardan parchalar o‘qib eshittirildi.
📊Tadbir davomida o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari o‘rganildi.
📖Mazkur ekskursiya yosh kitobxonlarda kitobga mehr uyg‘otish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.