✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-sonli, 2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini ta’minlash maqsadida 2026-yil 20-may kuni Shirin shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida xalq ta’limi hamkorligida “Eng yaxshi kitobxon sinf” tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
🖥Mazkur tanlovda shahardagi 4 ta umumta’lim maktabining 5–8-sinf hamda 9–11-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik salohiyati, badiiy asarlar yuzasidan bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorlikdagi faolliklarini namoyon etdilar.
✨Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan tanlov yakunlariga ko‘ra, 5–8-sinflar o‘rtasida:
— faxrli 1-o‘rin 4-o‘rta umumta’lim maktabiga;
— 2-o‘rin 1-o‘rta umumta’lim maktabiga;
— 3-o‘rin esa 3-o‘rta umumta’lim maktabiga nasib etdi.
⏩Shuningdek, 9–11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda ham o‘quvchilar yuqori tayyorgarlik va faol ishtirok etib, quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar:
— 1-o‘rin 4-o‘rta umumta’lim maktabiga;
— 2-o‘rin 3-o‘rta umumta’lim maktabiga;
— 3-o‘rin esa 1-o‘rta umumta’lim maktabiga berildi.
📔Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu tanlov yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish, kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlash hamda o‘quvchilarning bilim va tafakkurini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.