🖥“Yo‘l xaritasi”ning 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligiga bag‘ishlangan “She’riyatga aylangan ona siymosi” nomli she’riyat kechasi tashkil etildi.
⏩Mazkur tadbirda Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda markazning faol kitobxon onalari ishtirok etdilar.
📖Tadbir davomida shoira ijodining mazmun-mohiyati, uning she’rlarida ona siymosi, mehr-oqibat, Vatanga muhabbat va insoniy fazilatlarning badiiy talqini haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali tarzda o‘qilib, ijod yuzasidan samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.
🗣Shuningdek, shoira she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ham ijro etildi.