✅2026-yil 7-may Shirin shahar Axborot-kutubxona markazining Farhod MFYda joylashgan kutubxona binosida shahardagi 3-DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Jajji kitobxonlar tashrifi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🖥Tadbirning asosiy maqsadi — bolajonlarda kitobga mehr uyg‘otish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda mutolaa madaniyatining ilk ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
📔Tadbir davomida kichkintoylarga bolalar uchun mo‘ljallangan ertak va rasmli kitoblar tanishtirildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan kitobni asrash, uni e’zozlash hamda kitob o‘qishning foydasi haqida sodda va qiziqarli ma’lumotlar berildi.
📊Shuningdek, bolajonlar uchun qiziqarli savol-javoblar, she’rlar hamda quvnoq chiqishlar tashkil etilib, ular tadbirda faol ishtirok etdilar.
📖Mazkur tadbir bolalarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni kitobxonlikka keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.