✅2026-yil 6-may kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida Shirin shahar Nuroniylar tashkiloti bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🖥Mazkur uchrashuv 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Burch,jasorat, matonat” shiori ostida tashkil etildi. Tadbirda katta avlod vakillari, o‘ta yoshdagilar hamda yoshlar ishtirok etib, ular o‘rtasida samimiy tashkil qilindi.
⏩Keksalar tomonidan o‘z hayotiy tajribalari, Vatanga sadoqat, tinchlikning qadriga yetish hamda bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimiz haqida ibratli fikrlar bildirildi.
⏺Mazkur tadbir avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.