✅2026-yil 6-may kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida qizlarning intellektual salohiyatini oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish maqsadida «Kitobxon qizlar davrasi» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⏩Tadbir davomida ishtirokchi qizlar nafaqat o‘zlari sevib o‘qigan asarlar tahlili bilan o‘rtoqlashdilar, balki zamonaviy adabiyotning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida ham qizg‘in bahs-munozaralar olib bordilar. Tadbirning asosiy qismida:
📚Eng sara badiiy asarlar taqdimoti;
📖Mutolaa va qizlar ma’naviyati mavzusidagi suhbatlar;
📖Kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi.
📔Bu kabi tadbirlar Shirin shahar yoshlari orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.