✅2026-yil 2-aprel kuni “Yo‘l xaritasi”ning 38-bandida belgilangan “Kitobxon onalar” loyihasini amalga oshirish maqsadida Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi, Shirin shahar Vatanparvar MFY hamda Shirin shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida kitobxonlikka bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📝Tadbir doirasida yapon yozuvchisi Masaru Ibukaning onalar va bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Uchgacha ayni vaqti” hamda “Uchdan keyin kech” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📖Mazkur asarlar bolalar tarbiyasining ilk davrlariga alohida e’tibor qaratish, farzandning aqliy va ma’naviy rivojida onaning o‘rni beqiyos ekanini ilmiy va hayotiy misollar orqali yoritib beradi. Ushbu ikki kitob bir-birini to‘ldiruvchi muhim qo‘llanma sifatida ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
⏩Tadbir davomida kitobxon onalar tomonidan asar mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, farzand tarbiyasida mutolaaning ahamiyati haqida samimiy suhbatlar olib borildi.
🟢Tadbir yakunida ishtirokchilarga kitob mutolaasini kundalik hayotga tatbiq etish, farzandlar bilan birgalikda o‘qish odatini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📚Mazkur tadbir onalar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda sog‘lom va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat.



