✅2026-yil 2-aprel kuni Xalqaro bolalar kitob kuni munosabati bilan Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida 2-DMTT tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida “Kitob — bolalar quvonchi” nomli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Mashg‘ulot avvalida bolajonlar o‘z yoshlariga mos badiiy va ertak kitoblar bilan tanishtirildi. Mutaxassislar tomonidan kitobning ahamiyati, uni asrab-avaylash va to‘g‘ri foydalanish qoidalari sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
🖥Tadbir davomida bolalar uchun qiziqarli ertaklar o‘qib eshittirildi, savol-javoblar va kichik o‘yinlar tashkil etildi. Bolajonlar o‘zlari sevgan ertak qahramonlari haqida fikr bildirib, faol ishtirok etdilar. Mazkur o‘quv mashg‘uloti bolalarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, ularning nutqini rivojlantirish hamda mutolaa madaniyatining dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.


