📖“Kitob yarmarkasi”
✅Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 13-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan shaharda joylashgan 9252-harbiy qismda “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi. Mazkur yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyotining mashhur hamda kitobxonlar orasida keng ommalashgan badiiy asarlari, bestseller kitoblar, shuningdek ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi.
⏩Tadbir davomida harbiy xizmatchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar oldilar. Mutolaa madaniyatini targ‘ib qilish, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda bunday tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🖥Mazkur “Kitob yarmarkasi” harbiy xizmatchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

