✅2026-yil 4-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga 4-DMTT maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ekskursiya tashrifi buyurdilar.
📖Ekskursiyaning asosiy maqsadi — bolajonlarni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobga mehr uyg‘otish hamda mutolaa madaniyatining ilk ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
📔Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarga kutubxonaning o‘quv zallari, bolalar adabiyotlari bo‘limi, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi haqida sodda va tushunarli ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar tomonidan kitobni asrash, uni e’zozlash va tartibli foydalanish qoidalari qiziqarli tarzda tushuntirildi.
📊Bolajonlar uchun ertak kitoblar namoyishi tashkil etilib, savol-javoblar va kichik o‘yinlar o‘tkazildi. Kichkintoylar o‘zlari sevgan ertak qahramonlari haqida fikr bildirib, faol ishtirok etdilar.
✨Mazkur ekskursiya bolalarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularga quvnoq va esda qolarli taassurotlar ulashdi.


