✅2026-yil 2-mart kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi asosiy o‘quv zalida sevimli shoira Zulfiya tavalludining 111 yilligi munosabati bilan “Zulfiya — sadoqat va vafo kuychisi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
✨Ko‘rgazmadan shoira hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, she’riy to‘plamlar, xotiralar, shuningdek, Zulfiya ijodini yorituvchi maqolalar va manbalar o‘rin oldi. Unda shoiraning Vatanga muhabbat, sadoqat, vafo, matonat va ayol qalbining nozik tuyg‘ularini tarannum etgan she’rlari keng targ‘ib qilindi.
