✨“Kelajak bilimdonlari” qiziqarli o‘quv mashg‘uloti

✅2026-yil 26-fevral kuni 4-DMTT 1 yillik majburiy ta’lim guruhi tarbiyachisi Dinara Egamberdiyevna boshchiligida “Kelajak bilimdonlari” nomli qiziqarli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
⏩Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — tarbiyalanuvchilarning bilim saviyasini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ularni maktab ta’limiga puxta tayyorlashdan iborat bo‘ldi.
📊Mashg‘ulot davomida bolajonlar savol-javoblar, mantiqiy topshiriqlar, rangli didaktik o‘yinlar va qiziqarli mashqlar orqali o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etdilar. Shuningdek, harflar va sonlar bilan ishlash, nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar ham tashkil etildi.
🖥Tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotda faol ishtirok etib, zukkolik va topqirlik namunasini ko‘rsatdilar. Qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etilgan mashg‘ulot bolalarda bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.