✅2026-yil 19-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M. Mustafoqulova tomonidan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jasorat 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob – ma’naviyat o‘chog‘i” nomli kitobxonlik ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
📝Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularni muntazam mutolaaga jalb etish hamda ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
⏩Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarga badiiy adabiyotlarning tarbiyaviy jihatlari, ilmiy-ommabop kitoblarning foydasi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr-mulohazalar bildirib,faol ishtirok etdilar.
🖥Tadbir yakunida o‘quvchilarga kutubxonaga muntazam tashrif buyurishga chaqirildi. Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.