✅2026-yil 13-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Bobur qat’iyati — kuchli iroda va jasorat timsoli” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✨Ko‘rgazmadan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, uning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, boy adabiy merosi hamda tarixiy ahamiyatga ega asarlarini yorituvchi badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ishtirokchilarga Boburning mardlik, qat’iyat, vatanparvarlik va ilm-fanga bo‘lgan e’tibori haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
⏩Mazkur ko‘rgazma yosh avlodni buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.



