✅2026-yil 3-fevral kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari U.Normatov ishtirokida “Milliy qadriyatlar va fuqarolik faolligi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot uchrashuvi o‘tkazildi.
➡️Uchrashuv davomida partiya rahbari tomonidan milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, jamiyat taraqqiyotida fuqarolik faolligining o‘rni, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi mas’uliyati hamda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🖥Shuningdek, tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Ushbu uchrashuv yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, milliy g‘oya va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.



