🖥“Askarlar — bizning qahramonlarimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir
✅2026-yil 14-yanvar kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan shaharda joylashgan 5-sonli DMTT tayyorlov guruhi bilan hamkorlikda “Askarlar — bizning qahramonlarimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
⏩Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga Vatan himoyachilarining sharafli va mas’uliyatli kasbi, askarlarning mardligi va jasorati haqida sodda va tushunarli ma’lumotlar berildi. Bolalarda Vatanga muhabbat, tinchlikni qadrlash, jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
🎬Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar va raqs chiqishlari namoyish etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
📊Qiziqarli savol-javoblar va samimiy suhbatlar orqali bolalarning faolligi oshirildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlod qalbida Vatan himoyachilariga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.


