👮♂️“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi
✅2026-yil 14-yanvar kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mazmunli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda shaharda joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar. Ko‘rgazmadan Vatanga muhabbat, fidoyilik, jasorat va harbiy burch mavzularini yorituvchi badiiy, tarixiy hamda hujjatli adabiyotlar o‘rin oldi. Ishtirokchilar uchun harbiylik kasbining sharafi, yurt tinchligi va mustaqilligini asrash g‘oyalari targ‘ib etildi.
🖥Tadbir davomida harbiy xizmatchilar ko‘rgazmada namoyish etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, mutolaa orqali ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📚Ushbu kitob ko‘rgazmasi yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiylar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

