✅2025-yil 5-dekabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Qomusimni bilmoq istadim” nomli davra suhbati o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaning yaratilish jarayoni, uning asosiy tamoyillari, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda burchlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚Davra suhbatida faol kitobxonlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, Konstitutsiyaning har bir fuqaro hayotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan savol-javoblar ham tashkil etildi.
📝Tadbir yakunida kitobxonlar “Qonun ustuvorligi – taraqqiyot kafolati” shiori ostida konstitusiyaviy bilimlarini mustahkamlab, mavzuga doir adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

