✨“INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV-Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Shirin energetika texnikumining 2-bosqich talabalari ishtirokida “Davlat bayrog‘i: Tarix, Qadriyat va Iftixor” nomli davra suhbati o‘tkazildi.
⏩Tadbir davomida avvalo Davlat bayrog‘ining qachon qabul qilingani, undagi ranglar va ramzlarning ma’nosi, ularning xalq hayoti va tarixiy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar o‘rtasida bayroqqa oid qiziqarli savol-javoblar, fikr almashinuvi, hamda yurt ramzlariga bo‘lgan hurmat va e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muloqotlar tashkil etildi.
⚡️Davra suhbati talabalarda milliy ramzlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.