✅2025-yil 21-oktabr kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markaziga 5292-harbiy qism harbiy xizmatchilari ekskursiya tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlarga kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar va xizmat turlari haqida ma’lumot berildi.
🖥Shuningdek, bugungi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ona tilimizning ahamiyati, uning xalq hayotidagi o‘rni va qadriyat sifatidagi qiymati yuzasidan suhbat tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari o‘z fikr va taassurotlarini bildirgan holda, til — millatning faxri va g‘ururi ekanini ta’kidladilar.