✅2025-yil 17-oktabr kuni “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Kitob mutolaasi va oilaviy tarbiya” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kitobxon onalar, ularning farzandlari hamda kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi — oilada kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish, farzand tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyatini yoritish, shuningdek, yosh avlodni mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.
🖥Suhbat davomida ishtirokchilar oilaviy muhitda o‘qish odatini yo‘lga qo‘yish, ota-onaning farzand uchun o‘rnak bo‘lishi, bolalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda kitobning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, kutubxona xodimlari tomonidan oilaviy o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy va ma’rifiy adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtirildi.
⚡️Tadbir ishtirokchilari o‘z hayotiy tajribalari, o‘qigan kitoblaridan olingan saboqlar haqida iliq fikrlar almashishdi. Uchrashuv samimiy suhbat, o‘zaro fikr almashuv va kitobga mehrni oshiruvchi ruhda o‘tdi.



