✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-95-son Farmoni hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2025-yil 25-iyundagi 249-9-0-Q/25-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,2025-yil 24-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan yosh avlodni ma’naviy yetuklik, bilimga chanqoqlik va kitobsevarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Yosh kitobxonlik madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🖥Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining ahamiyati, kitob o‘qish madaniyati, o‘quvchi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va tafakkurini boyitishda kitobning beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi.
📖Shuningdek, yosh kitobxonlar o‘zlari sevib o‘qiyotgan asarlaridan parchalar o‘qib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
📚Kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar va bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli asarlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, tadbirga kelgan o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
📝Mazkur tadbir yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ma’naviyat va ma’rifatga oshno etish hamda kitob o‘qish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.