Yashil_makon

♻️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni va 2025-yil mamlakatimizda Atrof-muhitni  asrash va “yashil” iqtisodiyot  yili deb nomlanishi munosabati bilan  #yashil_makon xeshtegi  ostida 2025-yil 22-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan #yashil_makon loyihasi doirasida ekologik xayriya ishlari amalga oshirildi. Farhod MFYda joylashgan bino hududida, xodimlar tomonidan obodonlashtirish, daraxtlarni oqartirish va atrof-muhitni tozalash ishlari olib borildi. Mazkur amaliy harakatlar orqali kutubxona jamoasi atrof-muhitga befarq bo‘lmaslik, o‘z hududini sevish va asrash borasida ijobiy namuna ko‘rsatdi.