🖥“She’riyat gulshani” mushoirasi
✅2025-yil 20-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan Nurobod MFY da joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “She’riyat gulshani” nomli mushoira tadbiri tashkil etildi.
⏩Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining sevimli shoirlari ijodidan namunalar o‘qib berdilar, mustaqillik, Vatan, ona tilimiz va ma’naviyat haqidagi she’rlar ifodali tarzda ijro etildi. Mushoira jarayonida kitobxonlik, badiiy so‘zning tarbiyaviy ahamiyati hamda yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📝Tadbir ishtirokchilari she’riyat olamida sayr etib, o‘zlari uchun katta ruhiy zavq va ilhom oldilar.




