🖥Kitobxon onalar — mustaqillik timsoli

✅2025-yil 18-avgust kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitobxon onalar — mustaqillik timsoli” mavzusida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
🖥Tadbir boshida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi va Davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Unda onalar kitobxonlikning ahamiyati, farzand tarbiyasida kitobning o‘rni, mustaqillik yillarida ayollarga, xususan, onalarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
📚Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilar mustaqillik va ona Vatan mavzusida eng sara she’rlardan namunalar o‘qidilar.
📝Mazkur tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, onalarni ma’naviyat va ma’rifatga oshno etish, hamda mustaqillikning 34 yilligini munosib nishonlashga xizmat qildi.