O‘zbek adabiyotining durdonasi, milliy roman asoschisi, xalq qalbidan joy olgan ijodkor — Abdulla Qodiriy tavalludining 87 yilligi munosabati bilan 2025-yil 10-aprel kuni Shirin shahar Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati asosiy o‘quv zalida “Ma’rifat yo‘lidagi fidoyi ijodkor” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Ko‘rgazmada adibning “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi mashhur asarlari, hayoti va ijodiga oid adabiy materiallar kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi. Adib qalamiga mansub har bir satr — xalq, millat, ma’rifat yo‘lida bitilgan. Ushbu ko‘rgazma esa boy merosni yana bir bor qadrlash, yosh avlodga yetkazish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Tarixni unutmang. Adiblarni unutmang. Ular — millat yuragidir.